Ozarbayjon G‘azo uchun pul ajratmaydi

Olam

image

Ozarbayjon “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishida e’lon qilingan G‘azo sektori uchun 7 milliard dollarlik moliyaviy yordam paketida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ozarbayjon “Tinchlik kengashi”ga a’zo sifatida uning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq AQSH Prezidenti Donald Trampning bayonotiga zid ravishda Ozarbayjonning “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida e’lon qilingan G‘azo uchun 7 milliard dollarlik moliyaviy loyihada ishtirok etishi ko‘zda tutilmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon kelajakda “Tinchlik kengashi” orqali G‘azodagi investitsiya loyihalarida ishtirok etishni ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp O‘zbekiston doxil bir guruh mamlakatlar, jumladan, Ozarbayjon G‘azo sektorini qayta tiklash uchun yordam paketiga 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon G'azo Hikmat Hojiev “Tinchlik kengashi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing