Ozarbayjon Fransiya Senatining Qorabog‘ haqidagi rezolyutsiyasiga munosabat bildirdi

Olam

image

Ozarbayjon Fransiya parlamentining Senati ishlab chiqqan hamda mamlakat Hukumatiga Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishni tavsiya qiluvchi rezolyutsiyani rasmiy hujjat deb hisoblamaydi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmat Xojiyev ma’lum qildi.

“Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, bu rezolyutsiya Ozarbayjon uchun oddiy qog‘ozdan boshqa narsa emas. Bu hujjat tor siyosiy manfaatlar uchun qabul qilingan”, degan Xojiyev.

Uning ta’kidlashicha, qabul qilingan hujjat Minsk guruhining hamraisi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida Fransiyaning niyatlari va ob’ektiv faoliyati to‘g‘risida jiddiy savollar tug‘diradi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ushbu rezolyutsiyaga munosabat bildirib, Fransiya Hukumatidan Tog‘li Qorabog‘ni tan olishni so‘ragan.

Avvalroq, Fransiya Senati Hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgani haqida xabar bergan edik. Unda senatorlar mintaqadagi fuqarolarga keng ko‘lamli gumanitar yordam berishni ham so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing