Ozarbayjon Armanistonning sobiq Prezidentlariga qidiruv e’lon qildi 

Olam

image

Ozarbayjon Armanistonning sobiq Prezidentlari Robert Kocharyan va Serj Sargsyanni qidiruvga berdi. Bu haqda Ozarbayjonning APA axborot agentligi respublika Harbiy prokuraturasi maxsus tergov boshqarmasi boshlig‘i Emil Tagiyevga tayanib xabar bergan. 

“Armanistonning sobiq Prezidentlari Kocharyan Robert Sedrakovich va Sargsyan Serj Azatovich Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilib, qidiruv e’lon qilindi”, degan Tagiyev. 

Ta’kidlanishicha, Kocharyan va Sargsyan 1988 yilning fevral oyidan boshlab “Ozarbayjon va arman xalqlari o‘rtasida milliy adovat qo‘zg‘atish maqsadida Xonkendi (Spepanakert) shahrining tashkilot va muassasalarida arman millatiga mansub ishchilar ishtirokida yig‘ilishlar uyushtirgan va o‘tkazgan”. 

“Ular Qorabog‘ armanlarniki ekanligini va u yerda faqat armanlar yashashi kerakligini e’lon qildi, ozarlarni ishdan bo‘shatishga, Tog‘li Qorabog‘ shaharlaridan majburan ko‘chirishga, uylarini yoqib yuborishga chaqirdi. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan o‘zlarini xalq vakillari deb e’lon qildi. Ular Ozarbayjon Respublikasi konstitutsiyasini buzgan holda, 1991 yil 2 sentyabrda sobiq Shohumyan viloyatini qo‘shib “Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi” tashkil etilganini, butun hokimiyatni viloyat kengashiga o‘tkazishni e’lon qildi. Ushbu hududda Ozarbayjon Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarining amal qilishini tugatish to‘g‘risida noqonuniy qaror qabul qilib, boshqa jinoyatlarni sodir etgan”, deya qo‘shimcha qilgan Tagiyev. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 27 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashdi, faol janglar boshlandi. Baku va Yerevan Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilgan 1988 yil fevralidan beri hududga egalik qilish borasida bahslashmoqda. 2020 yil 9 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston tomonlari o‘z pozitsiyalarida to‘xtab, qator viloyatlar Baku nazoratiga o‘tgan, Rossiya tinchlikparvar kuchlari esa o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing