Ozarbayjon Armanistonni chegarada qo‘shin to‘plashda aybladi

Olam

image

Ozarbayjon Armanistonni ikki mamlakat davlat chegarasining Dashkesan yo‘nalishida qo‘shin to‘plashda ayblamoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, 16 oktyabr kuni tushdan keyin harbiy transport vositalari orqali Ozarbayjon armiyasining Dashkesan yo‘nalishidagi bo‘linmalari pozitsiyalariga qarama-qarshi joylashgan Armaniston Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga qo‘shimcha xodimlar va to‘rtta artilleriya bo‘linmalarining jalb qilingani kuzatilgan.

Mudofaa vazirligi mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskinlik uchun javobgarlik Armaniston “harbiy-siyosiy rahbariyati” zimmasiga yuklanishini ta’kidladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi 27 mamlakatining tashqi ishlar vazirligi rahbarlari Armaniston va Ozarbayjon chegaralariga "ushbu hududda tinchlik va xavfsizlikni tiklashga ko‘maklashish, ishonchni mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro chegarani delimitatsiyalash”ga qaratilgan fuqarolik missiyasini kelishib olishgan edi.

Shuningdek, 13 oktyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Baku har bir uchrashuvda mintaqaning xavfsizlik va tinchligiga erishish bilan bog‘liq masalalarni chetlab o‘tmasligini aytgan.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing