Ozarbayjon yana Armanistonga tinchlik shartnomasi imzolashni taklif qildi — Aliyev

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Baku Yerevanga yana tinchlik shartnomasini imzolashni taklif qilmoqda. Bu haqda u Ozarbayjon davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

“Biz Armanistonga kun tartibini — tinchlik shartnomasini yubordik. Istamasligini aytsin, rad etishini aytsin. Men ko‘p marta aytganman, hozir ham aytaman: biz tayyormiz, keling, muzokaralarni boshlaymiz. Urush tugadimi? Tugadi. Tinchlikni xohlaysizmi, Armaniston? Xohlaganingizdek. Unda nega tinchlik shartnomasini imzolamaysiz?” degan Aliyev. 

Davlat rahbari Yerevanni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olishga, tinchlik shartnomasini imzolashga va chegaralarni delimitatsiya qilish masalasini hal qilishga chaqirgan. 

Unga ko‘ra, bu borada Bakuning kun tartibi Yevropa Ittifoqi, Turkiya va Rossiya kun tartibiga to‘g‘ri keladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 2020 yil 27 sentyabrda faol jangovar harakatlar boshlanishi bilan keskinlashdi. O‘sha yilning 9 noyabrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan imzolagan uch tomonlama bayonot mojaro zonasida harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtashiga imkon yaratdi. Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashdi, bir qator hududlar Baku nazorati ostiga o‘tdi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing