Ozarbayjon-Armaniston o‘rtasida otishma bo‘ldi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi respublikaning Qorabog‘ viloyatida armanlarning navbatdagi provokatsiyasi haqida ma’lumot tarqatdi. 

“Biz Armaniston Respublikasidan Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududiga Xankendi-Xalfali-Turshsu tuproq yo‘li bo‘ylab harbiy texnika, o‘q-dorilar va shaxsiy tarkibni olib o‘tgani haqida tezkor ma’lumot oldik. 

5 mart kuni ertalab olingan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tomonidan noqonuniy harbiy yuk tashishni amalga oshirayotgan avtomashinalarni to‘xtatish va tekshirishga harakat qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Mudofaa vazirligi Armaniston tomoni o‘t ochganini, otishma oqibatida har ikki tomondan qurbonlar va yaradorlar borligini ma’lum qildi. 

“Ozarbayjon tomoni Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligiga uch tomonlama bayonot qoidalarining bajarilishi so‘zsiz va to‘liq hajmda ta’minlanishi kerakligini ma’lum qiladi. 

Qorabog‘ iqtisodiy rayoni bilan Armaniston Respublikasi o‘rtasida foydalanish mumkin bo‘lgan yagona yo‘l Xonkendi-Lochin yo‘lidir. 

Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligiga yana bir bor eslatib o‘tamizki, harbiy va boshqa maqsadlardagi yuklarni boshqa yo‘nalishlarda olib o‘tish mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas”, deyiladi xabarda. 

Vazirlikning eslatishicha, Armanistondan Qorabog‘ iqtisodiy rayoniga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, boshqa harbiy yuklar, jumladan minalar, yoqilg‘i va ishchi kuchi olib o‘tish faktlari avvalroq aniqlangan. 

“Ozarbayjon tomoni xalqaro hamjamiyatni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘ylab minalar tashish haqida bir necha bor ogohlantirgan. 

Bundan tashqari, sizga ma’lum qilamizki, 2022 yilda Turkiya-Rossiya qo‘shma monitoring markazi vakillari Armaniston tomonidan o‘rnatilgandan so‘ng aniqlangan minalarni tekshirish uchun hududga tashrif buyurgan. 

Armaniston tomonidan Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayoniga harbiy yuk tashishni hanuzgacha amalga oshirishi mamlakatning Ozarbayjonga nisbatan davom etayotgan tajovuzkorlik va terroristik siyosatidir. 

Armanistonning Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayoniga harbiy yuk tashish ishlarini davom ettirayotgani mamlakatning Ozarbayjonga nisbatan davom etayotgan agressiya va terror siyosatidir. Provokatsiya uchun barcha javobgarlik Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasiga yuklanadi”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing