Ozarbayjon-Armaniston orasidagi kelishmovchilikka AQSH aralashmoqchi
Olam
−
24 aprel 2023
4729Amerika Qo‘shma Shtatlari Ozarbayjon tomonidan Lochin yo‘lagida o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punkti Kavkazda tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda, deb hisoblaydi. AQSH Yerevan va Bakuga muzokaralarni davom ettirishda yordam berishga tayyor. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni AQSHning Armanistondagi elchisi Kristina Kvinn ma’lum qildi.
“Biz chegarada nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishidan xavotirdamiz, chunki bu tinchlik jarayoniga putur yetkazadi. Ayni paytda biz tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etishini istaymiz va tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Har qanday zo‘ravonlik, har qanday provokatsion harakatlar tinchlik jarayoniga putur yetkazadi”, degan AQSH elchisi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lochin yo‘lagiga Ozarbayjon tomonidan nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishi ortidan Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani vaziyatga aralashishga chaqirgandi.
LiveBarchasi