Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yana otishma. Bir chegarachi jarohatlandi

Olam

image

Armaniston hududidan respublika chegara qo‘shinlari pozitsiyalarini o‘qqa tutishi oqibatida Ozarbayjon Davlat chegara xizmati harbiy xizmatchisi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 20 mart kuni Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi. 

“20 mart soat 02:50 da Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Zangilon viloyati hududidan o‘tuvchi qismida, Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Kofan viloyatining Nerkin-And aholi punkti yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalardan Ozarbayjon Davlat chegara xizmati chegara qo‘shinlarining Agbashyurd balandligida joylashgan pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Oqibatda Davlat chegara xizmati harbiy xizmatchisi, kichik serjant Ramin Manafov jarohat oldi”, deyiladi xabarda. 

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchi operatsiya qilingan, uning hayoti xavf ostida emas. 

“Hozirda operativ vaziyat barqaror va Ozarbayjon Davlat chegara xizmatining to‘liq nazorati ostida”, deyiladi xabarda.

Armaniston Mudofaa vazirligi esa Ozarbayjonning Armaniston-Ozarbayjon chegarasini o‘qqa tutgani haqidagi bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytib chiqdi. 

“Ozarbayjon Davlat chegara xizmati tomonidan 20 mart kuni soat 02:50 da Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Armaniston-Ozarbayjon chegarasining janubi-sharqiy qismida joylashgan Ozarbayjon pozitsiyalari yo‘nalishida go‘yoki o‘t ochgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing