Ozarbayjon-Armaniston chegarasida vaziyat keskinlashdi. AQSHga axborot berildi

Olam

image

Armaniston qurolli kuchlarining 11 yanvar kuni tushdan boshlab uyushtirgan provokatsiyasi natijasida Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar viloyati yo‘nalishida vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon armiyasining ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi bo‘linmalari hech qanday aviatsiya va artilleriya vositalaridan foydalanmasdan, dushmanni bostirish uchun tegishli javob choralarini ko‘rmoqda. 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, hozirda operativ vaziyat Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari nazorati ostida. 

Avvalroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlarining navbatdagi provokatsiyasi natijasida 11 yanvar kuni tushda Ozarbayjonning Armaniston bilan chegaradosh Kalbajar viloyati hududida ozarbayjonlik harbiy Ayaz Nazarov halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Armaniston mintaqadagi keskinlikni kuchaytirish uchun bevosita javobgardir

“Biz Armanistonning harbiy provokatsiyalarini davom ettirayotganini keskin qoralaymiz. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish o‘rniga davlat chegarasida navbatdagi qonli provokatsiya amalga oshirildi, Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati mintaqadagi keskinlikning kuchayishiga bevosita javobgardir”, deyiladi bayonotda. 

AQSH Davlat kotibi yordamchisi Armaniston provokatsiyasi haqida ma’lumot berdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov AQSH Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr almashgan. 

Bayramov mintaqadagi vaziyat, jumladan, Ozarbayjon tomonining uch tomonlama bayonotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qadamlari haqida gapirgan. Vazir qarama-qarshi tomonga Armaniston tomoni davlat chegarasida provokatsiya qilishda davom etayotgani, buning natijasida Ozarbayjon Qurolli kuchlarining bir nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.

Diplomat bu provokatsiya uchun bevosita Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati javobgar ekanligini ta’kidlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog'

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing