Ozarbayjon Armaniston bilan chegaradagi bir qancha tepaliklarni nazoratga oldi

Olam

image

Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari Armaniston bilan chegaradosh Lochin viloyatidagi bir qancha tepalik va hududlarni nazorat ostiga oldi, bunga Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi yangi yo‘lning foydalanishga topshirilishi sabab bo‘ldi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Yangi Lochin yo‘lining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan bir qancha ustun balandliklar, asosiy va yordamchi yo‘llar, shuningdek, Lochin tumanining Jag‘ozur va Zabuh qishloqlari orasidagi keng chegara hududi nazoratga olindi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari Armaniston tomonidan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni Ozarbayjon hududiga noqonuniy olib o‘tish uchun foydalanilgan tuproq yo‘llarni o‘z nazoratiga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Qorabog' Lochin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing