Ozar-arman chegarasida yana otishma: Baku va Yerevan bir-birini ayblayapti
Olam
−
20 Oktabr 2022
2808Armaniston Qurolli Kuchlari qo‘shni Ozarbayjonning Dashkesan va Kalbajar tumanlarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bugun, 20 oktyabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Dashkesan tumanining Astaf, hamda Kalbajar tumanining Mollabayramli aholi punktlari yo‘nalishida qurollardan o‘t ochgan.
O‘z navbatida, bunga qarshi, Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalari ham tegishli javob choralarini ko‘rgan.
Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalari mamlakatning sharqiy chegarasida joylashgan Armaniston harbiy bo‘linmalariga turli kalibrli qurollar, shuningdek, minomyotlardan o‘q uzgan.
“Qurolli Kuchlar bo‘linmalari dushmanning o‘q otish nuqtalarini bostirgan, armanlar tomonidan yo‘qotishlar yo‘q. Ayni paytda vaziyat nisbatan barqaror”, deya deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon va Armaniston chegarasida oxirgi yirik keskinlik 13 sentyabr kuni soat 00:05 dan boshlab Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Goris, Sotk va Jermuk yaqinidagi arman pozitsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha artilleriya, yirik kalibrli o‘q otish qurollaridan intensiv o‘qqa tutishi oqibatida sodir bo‘lgan edi.
Temur Jumayev
LiveBarchasi