Oyoqlarim ortiq bezovta qilmaydi — Eden Azar

Sport

image

“Real” yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya La Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, o‘z holati haqida fikr bildirdi. 

“Umid qilamanki, Anchelotti tayinlanganidan keyin biz ko‘proq gol uramiz va aynan shuning uchun jamoadamiz. O‘ylaymanki, bu mavsumda birgalikda yaxshi natijaga erisha olamiz.

Asosiy maqsad, har bir uchrashuvda ochko to‘plashdan iborat. Bugun to‘rtta gol urdik, bu ajoyib. Biz imkon qadar ko‘proq o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Oyoqlarim endi bezovta qilmaydi”, deydi Azar.

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar 2020-21 yilgi mavsumda Ispaniya La Ligasida jarohat sababli 24 uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, “Real” “Alaves” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Eden Azar jamoadoshlarining bir goliga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Eden Azar Real Madrid Alaves Jarohatlar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing