Oybek Tursunov “Kapitalbank”ning 50 foiz aksiyasini qo‘lga kiritdi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
21784O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi, tadbirkor Oybek Tursunov “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat bankining 34,10 foiz aksiyasini sotib oldi. Natijada uning ushbu bankdagi ulushi 50 foizga yetdi. Bu haqda Respublika fond birjasining rasmiy saytida keltirilgan.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni tuzilgan bitimga ko‘ra, Tursunov egalik qiladigan aksiyalar soni 112 490 703 donani tashkil qilgan. Bu umumiy aksiyalarning 34,1 foizi degani. Avval sotib olinganlarini ham qo‘shganda Tursunov qo‘lida 164 927 890 dona aksiya jamlandi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Oybek Tursunovga qarashli “Promadik Invest” kompaniyasi “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat bankining 40,13 mln (36 foiz) aksiyalarini sotib olgan. Keyinroq Tursunovning bankdagi ulushi 52,43 mln aksiyaga yetgan.
LiveBarchasi