Oyarsabal JCH tarixida o‘ziga xos antirekord qayd etdi

Sport

−

image

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Jahon chempionatlari tarixida o‘ziga xos antirekordni qayd etdi. Bu haqda Opta statistika platformasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Ispaniyaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi Kabo-Verdega qarshi ilk uchrashuvida Oyarsabal o‘yinning dastlabki 30 daqiqasi davomida biror marta ham to‘pga tegmagan. Shu tariqa, u mundiallar tarixida bunday natija qayd etgan birinchi futbolchiga aylangan.

29 yoshli hujumchi Ispaniya milliy terma jamoasi safida hozirgacha 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urgan. U klub miqyosida “Real Sosedad” sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi mundialning ilk uchrashuvida Jahon chempionati debyutanti Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Endilikda ispanlar guruh bosqichidagi keyingi uchrashuvlarini Saudiya Arabistoni (21 iyun) va Urugvay (27 iyun)ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing