Oy AQSHniki emas – Roskosmos

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Oy to‘g‘risida yangi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik. Trampning ushbu farmoni Rossiyaning Roskosmos korporatsiyasi tomonidan keskin tanqid qilindi.

Tramp kecha, 6 aprel kuni amerikaliklarning kosmik resurslarni qazib olish huquqini kafolatlaydigan farmonga imzo chekdi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan olti oy davomida Oyda va boshqa fazoviy jismlarda resurslardan foydalanish, ishlab chiqish va qazib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni muhokama qilishni buyurdi.

"AQSHning agressiv ravishda kosmik resurslardan foydalanish huquqini beruvchi farmoni xalqaro huquqlarga zid. Bu bilan ular xalqaro hamkorlikka zarar yetkazishni rejalashtirmoqda", deydi Roskosmos bosh direktorining xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Savelev.

Savelevning ta’kidlashicha, ushbu holatda boshqa mamlakatlar hamkorlikda ish ko‘rishi va ushbu farmonga qarshi chiqishlari kerak.

"Kosmosni ekspluatatsiya qilish va boshqa sayyoralarning hududlarini egallab olish uchun tajovuzkor rejalarni amalga oshirishga urinishlarga qarshi turish kerak. Ushbu holat mamlakatlarni samarali hamkorlikka chorlaydi", deydi Savelev.

Shuningdek, u tarixda o‘z manfaatini ko‘zlab hududlarni egallashga harakat qilganlarning taqdiri haqida eslatib o‘tdi.

"Biron bir mamlakat o‘z manfaatlarini ko‘zlab hududlarni egallashni boshlashga qaror qilganida ushbu harakati qanday yakunlangani haqida tarixda misollar bor. Buni hamma eslaydi", deya qo‘shimcha qildi Roskosmos vakili.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Oy Roskosmos

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing