OTMlarning bitiruvchi kurs talabalari 2 oktyabrdan an’anaviy ta’limga qaytadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 2 oktyabridan oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun an’anaviy shakldagi ta’lim boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Unda an’anaviy o‘qish boshlangani bilan talabalar turar joyidan xona berilmasligi ham qo‘shimcha qilingan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi va tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Vazirlik ko‘rsatmasiga binoan joriy yil 2 oktyabrdan bitiruvchi bosqich talabalari uchun an’anaviy darslar boshlanadi” mazmunidagi xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi”, deyilgan munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich faoliyatini tiklayapti. Ammo OTMlarda an’anaviy ta’lim qaytilmadi. Oliygohlarda an’anaviy ta’lim faqatgina fevraldan, o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlanishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

292

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing