OTMlarda o‘qish rasman qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

Respublikadagi barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari rasman 23 yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

“Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, vazirlik talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l  chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda 11 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgan edi. 

Ko‘p o‘tmay esa vazirlik qachon ta’til tugashi va o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishini har bir hudud hokimliklarining o‘zi belgilashga vakolati borligini aytib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing