OTMlarda an’anaviy ta’lim 2 noyabrdan boshlanadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim joriy yilning 2 noyabridan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Unga ko‘ra, OTMlarning 1-kurs talabalari uchun an’anaviy ta’lim 2 noyabrdan, yuqori kurs talabalari uchun 16 noyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili Bahriddin Shayvaliyev bilan bog‘landik. U OTMlarda an’anaviy o‘qishning boshlanishi bo‘yicha rasmiy yangilik yo‘qligini ma’lum qildi.

Shayvaliyevga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilayotgan rejalardan biri. Bu masalani hal qilishda OTMlar talabalari va ota-onalar o‘rtasi o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari hamda oliygohlarning imkoniyatidan keib chiqib hal qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

1737

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing