OTMlarda 1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay shaklda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
Imtihonda 189 ball olganlar nega kontrakt asosida o‘qishga kirdi? north_east

Imtihonda 189 ball olganlar nega kontrakt asosida o‘qishga kirdi?

Bakalavriatga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

“Birinchi kurs o‘quvchilari uchun ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12-oktyabrdan boshlab, OTMlarda 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.

Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilib, auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritgan holda tashkil etiladi”, dedi vazirlik vakili.

Ta’kidlanishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari uzoq hududlarga borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.

“Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta’lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz”, dedi Abduvali Xoliqov.

Avvalroq, 2020-2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlar miqdori ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing