OTMga kirish imtihonlari onlayn o‘tkaziladimi?
Bu qiziq
−
08 iyul 2020
12078O‘zbekiston joriy yilning 20 iyul kuni Oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘xtaydi. Oldinda esa abituriyentlarni kirish imtihonlari kutmoqda. Xo‘sh, koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda kirish imtihonlari ham masofaviy tarzda bo‘lishi mumkinmi? Bugun, 8 iyul kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ushbu masala o‘rtaga tashlangan edi. Bunga Davlat test markazi munosabat bildirdi.
DTMAaxborot xizmatining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi“Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi shaklda, katta sig‘imli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
LiveBarchasi