OTMga kirish imtihonlari stadionlarda o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi nomidan ochilgan norasmiy sahifada 2020-2021 yilgi OTMga kirish uchun test imtihonlari Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi ochiq stadionlarda o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, test imtihonlari kuniga ikki marta, kunning salqin paytlari tashkil etiladi. Test imtihonlarini taxminan 12-14 kunda yakunlash ko‘zda tutilgan.

Test imtihonlarini o‘tkazish sanasi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat sanitariya xizmati xulosalari asosida belgilanadi.

Mas’ul vazirlik va idoralarga oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentyabrdan masofaviy shaklda boshlashlari uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Mazkur xabarlarning to‘g‘riligiga aniqlik kiritish uchun DTM Matbuot kotibi bilan bog‘langanimizda, u bizga bular hali aniq emasligini ma’lum qildi. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, imtihonni o‘tkazish shunday variantlar ko‘rib chiqilyapti.

Shuni qayd etish kerakki, bundan bir necha kun ham shunday xabar tarqalganda DTM bu hali o‘rganish bosqichida bo‘lganligi sababli, hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing