OTB O‘zbekistonning to‘rtta shahri uchun 59 million dollar ajratdi

Olam

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning to‘rtta o‘rta shaharlarida turmush sharoitini yaxshilash va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish uchun 59 million dollar miqdorida kredit va 500 ming dollar grant ajratilishini ma’qulladi. 

OTBning integratsiyalashgan shaharsozlik loyihasi COVID-19 pandemiyasidan to‘xtab qolgan va iqlim o‘zgarishiga zaif bo‘lgan Jizzax, Xovos, Xiva va Yangiyer shaharlarida kommunal infratuzilma va xizmatlarga strategik investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Integratsiyalashgan, iqlimga chidamli shahar rivojlanishi ularda yashovchi aholining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash orqali o‘rta shaharlarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirishi mumkin. OTB loyihasi ushbu shaharlarni yaxshiroq va tezroq tiklashga yordam berish uchun innovatsiyalar va institutsional salohiyatni kuchaytiradi”, OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Loyiha yashil, ijtimoiy yo‘naltirilgan infratuzilmani, jumladan, Xovosdagi ko‘p funksiyali jamoatchilik markazi va umumiy yashil yo‘lni o‘z ichiga olgan yangi jamoat bog‘ini, shuningdek, O‘zbekistondagi Ipak yo‘liga bag‘ishlangan birinchi raqamli muzeyga ega Xiva shahridagi ikki qavatli tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda ekologik toza suvni tejovchi texnologiyalar bilan suv tarmoqlarini rivojlantirish va barcha to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Ushbu shaharlarning rivojlanishi, xususan, ishonchli va inklyuziv shahar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash barcha aholi va mehmonlarga, ayniqsa, kambag‘al va zaif qatlamlarga foyda keltiradi. Bundan tashqari,  ichik va o‘rta biznesni sayyohlik ko‘nikmalariga o‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu loyiha ham turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi portfeli menejeri Ron Slangen.

OTB shuningdek, to‘rtta shaharda barqarorlik, samaradorlik va xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash uchun salohiyatni rivojlantirish dasturini taqdim etadi. Bank Raqamli muzey uchun Yuqori texnologiyalar jamg‘armasi tomonidan birgalikda moliyalashtirish sifatida taqdim etilgan 500 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni boshqaradi. 

O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan beri bank mamlakatga 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordam ko‘rsatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo taraqqiyot banki

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing