OTB O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi 5 yillik strategiyasini tasdiqladi

Olam

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun yangi besh yillik davlat bilan hamkorlikning strategiyasini (DHS) qabul qildi. Yangi strategiya 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan. Dastur Hukumatning yanada keng qamrovli iqtisodiyot va bozor tizimiga o‘tishiga hamkorlik qilishi uchun tegishli islohotlar o‘tkazishni nazarda tutadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

OTB O‘zbekistonda iqtisodiy ko‘tarilish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, mamlakat jiddiy muammolar bilan yuzma-yuz kelayotgani ta’kidlagan. Yoshlar orasida ishsizlikning ortishi, sifatli ish o‘rinlari yaratish, xususiy sektorni rivojlantirish, davlat infratuzilmasini yaxshilash hamda mamlakatning transport, savdo va Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikning xabi sifatidagi ahamiyatini oshirish masalalari shular jumlasidan.

Yangi DHS doirasida OTB Hukumatning aholi turmush darajasini oshirish va sifatli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha uzoq muddatli loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. OTBning bank operatsiyalari O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish hamda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

OTB Toshkentdan tashqaridagi shaharlar va qishloqlarda kichik biznes, xususan, ayollar rahbarligidagi tadbirkorlikning moliyaviy resurslardan foydalanish imkonini kengaytirish orqali ularni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘zbekiston 1995 yilda OTBga qo‘shilgandan beri umumiy qiymati 7,7 mlrd dollrga teng bo‘lgan 72 ta qarz olgan.

OTB 1966 yilda tashkil etilgan. Unga 68 mamlakat a’zo. Shundan 49 tasi mintaqada joylashgan. OTB Osiyo-Tinch okani mintaqasida keng ko‘lamli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlab keladi. 2018 yilda tashkilot 21,6 mlrd dollarga teng  yangi qarz va grantlarni ajratdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston OTB strategiya

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing