Otasining mashinasini hujjatlarsiz haydagan yigitcha bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 may kuni soat 17:30 da Xiva tumani “Oq ko‘l” mahallasidan o‘tgan 4R-157A-sonli avtomobil yo‘lining 15 kilometrida bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Haydovchi 18 yoshli B.S. avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarisiz otasi O.X.ga tegishli bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 35 yoshli B.V. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Natijada Damas rusumli avtomashinasi haydovchisi B.V hamda yo‘lovchilar 19 yoshli O.J. va 32 yoshli I.X. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, O.J.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov xarakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xiva

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing