“Otasiga “aroq”zavodi, onasiga “kampit” zavodi”: Amaldorlarga 1,5 million sovg‘a. Xalqqa...

Jamiyat

image

Barcha davlat xizmatchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sovg‘a olishiga ruxsat etilishi mumkin. Hozirda bu 1,5 mln so‘m degani. Bu imkoniyat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik uchun e’lon qilingan hujjat loyihasida ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, agar sovg‘a qiymati bu miqdordan oshsa, ortiqcha qismini byudjetga to‘lash orqali sovg‘ani tasarruf etish mumkin.

Bunda sovg‘alar: 

a) ixtiyoriy, aniq bir sabab, voqea (hodisa) munosabati bilan qabul qilinishi va (yoki) taqdim etilishi hamda mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan miqdordan oshmasligi va dabdaba (hashamat) predmeti bo‘lmasligi;

b) sovg‘ani qabul qilish yoki taqdim etish natijasida biror bir tarafning shaxsiy manfaatdorligini, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga olib kelmasligi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatida xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi;

d) sovg‘a xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda ochiq va oshkora qabul qilinishi va (yoki) taqdim etilishi, davlat organining obro‘-e’tibori (nufuzi)ga putur yetishiga olib kelmasligi;

e) davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan taqdim etiladigan sovg‘a uning shaxsiy hisobidan amalga oshirilmasligi;

f) sovg‘a berish tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea (hodisa) o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lishi, shuningdek diplomatik protokol talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Agar davlat xizmatchilari sovg‘a olishda Nizom talablarini buzsa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Mazkur qaror joriy yilning 22 noyabrigacha muhokamada bo‘ladi.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing