Otamurodov va Ketmonov Spiker o‘rinbosarligidan ham ketdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 12 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Deputatlar tomonidan qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Jumladan:

– Sarvar Otamurodov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari va Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etildi.

– Xotamjon Ketmonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari va Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etildi.

– Alisher Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Sarvar Otamurodov joriy yilning 22 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi lavozimdan ketgandi, Xotamjon Ketmonov esa 1 iyun kuni Xalq demokratik partiyasi rahbarligidan ketgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing