Otamendi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
18:33 413 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Men doimo hech qachon ishonchini yo‘qotmagan, so‘nggi soniyagacha kurashgan va o‘z bayrog‘i hamda ranglarini butun qalbi bilan himoya qilgan ajoyib jamoaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman”, deydi Otamendi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli himoyachi Argentina terma jamoasi safidagi debyutini 2009 yilda o‘tkazgan. U milliy jamoa bilan birga jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki marta Amerika kubogida g‘olib chiqdi hamda yana bir bor Jahon chempionati finaligacha yetib bordi.
Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasi safida jami 139 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shu ko‘rsatkich bilan u mamlakat tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada mutlaq yetakchi Lionel Messi hisoblanadi. Uning hisobida terma jamoa libosida 207 o‘yin mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist Ernan Kastilo Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi