“Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston televideniyesi faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Uzoq yillar televideniye – media olamida samarali ijod qilgan bu inson haqiqiy ustoz edi! Umrining so‘nggiga qadar ijod qildi! Alloh rahmat qilsin!” deb yozgan u.

Ma’lumot uchun, Mirabbos Mirzaahmedov 1941 yil 30 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U uzoq yillar davomida “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuviga mualliflik qilib kelgan. U, shuningdek, qator filmlarda ham ishlagan. Jumladan, “Yuzsiz kelin”, “Kim aybdor”, filmlarida va “Bahor qaytmaydi” film-spektaklida rejissyor sifatida ishlagan. Shuningdek, “Arosat” filmida rol ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otalar so'zi Mirabbos Mirzaahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing