Otabek Umarov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
09 fevral 2020
28906O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbari bo‘ldi. Bu haqida MMA assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9 fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi kengashining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.
O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskandar Karim va Valixon Ten tayinlangan.
Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.
Tadbirda Qozog‘istonda ilk marta Aralash jang san’atlari bo‘yicha Osiyo chempionati 2020 yilning iyun oyida o‘tkazilishiga kelishib olingan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov MMA assotsiatsiyasi bilan bir qatorda mamlakat Triatlon federatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi.
LiveBarchasi