Otabek Sattoriy ishi Oliy sudda ko‘rib chiqildi
Jamiyat
−
05 aprel 2022
22362O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud jarayonida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan Otabek Sattoriy (1980 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishi kassatsiya tartibida berilgan shikoyat asosida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining joriy yilning 5 aprelidagi ajrimi bilan O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmi hamda Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2021 yil 15 iyuldagi ajrimi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139 va 165-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib 6,5 yilga qamalgan. 15 iyul kuni esa bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi. E’lon qilingan ajrimga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi Otabek Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgartirildi. Otabek Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘tash muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boshlab hisoblanishi belgiladi.
LiveBarchasi