Ota jazo sifatida o‘g‘lini 17 soat telefon o‘ynashga majbur qildi

Bu qiziq

image

Xitoylik erkak o‘g‘lining tuni bilan smartfon o‘ynashni odat qilgani uchun, uni 17 soat uxlamasdan telefon o‘ynashga majburlash orqali jazoladi. Bu haqda “The New Paper” xabar bermoqda.

8 mart kuni Xuan ismli erkak maktabda o‘qiydigan o‘g‘li tunda uxlash o‘rniga smartfonida yashirincha o‘yin o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U o‘g‘lining xatti-harakatidan qattiq xafa bo‘ladi. Xuan xotini bilan maslahatlashib, bolaning o‘qituvchisiga qo‘ng‘iroq qiladi va bir kunga maktab bormasligiga ruxsat oladi. Shundan so‘ng, ota o‘g‘liga kun bo‘yi o‘yin o‘ynashi mumkinligini, lekin uxlamasligi kerakligini aytadi. 

Avvaliga virtual o‘yin-kulgini sevuvchi bola xursand bo‘ladi, lekin tez orada otasining shartlari qat’iy ekanini anglaydi. Ota o‘g‘lining yoniga o‘tirib, uni uxlatmasdan telefon o‘ynashga majbur qiladi. Natijada, bola 17 soat uzluksiz telefon o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Bola butun tanasida charchoq va og‘riqni his qilib, shkoyat qilsa-da, ota o‘z pozitsiyasini yo‘qotmay, uni uxlashga qo‘ymaydi. Oxir-oqibat, bola rahm-shafqat so‘rab, boshqa hech qachon tunda o‘yin o‘ynamasligini aytadi va hatto va’dasini tasdiqlovchi tilxat ham yozib beradi.

Xuan o‘g‘liga ish kunlari yarim soat, dam olish kunlari esa bir soat telefon o‘ynashga ruxsat berishini aytadi. Bundan tashqari, u bolaning jazoga dosh berishiga ishonchi komil bo‘lganini, boshqa ota-onalar uning tajribasini takrorlamasligini aytib o‘tdi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jazo telefon o'ynash virtual o'yin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing