Ota o‘z qizini qahramonlarcha qutqardi (video)

Olam

Misrda ota platformadan poyezd yo‘liga tushib ketgan qizini tanasi bilan to‘sib, qutqarib qoldi. Bu haqda Masrawy nashri xabar bermoqda.

Kadrlarda platforma va harakatlanayotgan vagonlar orasida ikki kishi, bir-birini quchgancha yotishganini ko‘rish mumkin. Ushbu hodisani tasvirga olgan talaba Alya Ibrohimning ma’lum qilishicha, erkak 12 yashar qizi bilan bir platformadan boshqasiga o‘tmoqchi bo‘lishadi. Shu bois ular perronga tushishadi va narigi tomonga o‘tishga harakat qilishadi.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, qiz platformaga ko‘tarilishga ulgurmaydi. Poyezd yaqinlashib qolganida u shoshib qoladi, bir qancha vaqt joyidan jilmay qoladi. Shunda yordamga otasi keladi. Voqeadan 15 daqiqa o‘tib, ota-bola boshqa yo‘nalish bo‘ylab ketishadi.

Misr temir yo‘l boshqarmasidagi manbalar ham bo‘lgan voqeani tasdiqlashdi. Aytishlaricha, ota-bola bir necha daqiqa qimirlamasdan yotishgan. Vagonlar esa ulardan bir necha santimetr masofada o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing