Ota 1 yoshli bolasini suvga cho‘ktirdi
Jamiyat
−
24 fevral 2020
14544Farg‘onada ota aliment sabab o‘z bolasini suvga cho‘ktirib o‘ldirdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2019 yil iyun oyida ismi sir tutilayotgan shaxs farzanidini ko‘rgani sobiq qaynonasining uyiga boradi. Farzandi bilan aylanmoqchi ekanligini aytganida xotini rozi bo‘lmaydi. Biroq u sobiq xotinini chalg‘itib, bolani olib qochadi.
Aniqlanishicha, o‘sha vaqtda ota Shimoliy Farg‘ona kanaliga borib, bolasini suvga otib yuboradi. Bola bir zumda suv tubiga cho‘kadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, tayinlangan jazoning dastlabki ikki yilini turma rejimida, qolgani qismini umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tashi belgilandi.