Ot qadrini qaydan bilsin, ot minmagan erkaklar? Mirzayev boshchiligida otlar marafoniga start berildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 dekabr kuni Qashqadaryodan Toshkentga otlar karvoni yo‘lga chiqdi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan fleshmobda 12 ta Qorabayir zotdor otlari Toshkent tomon otlangan. Ularning so‘nggi manzili poytaxtning – Amir Temur xiyoboni bo‘ladi.

Otlar Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasidan yo‘lga chiqqan. Otlar marafonida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etmoqda. 

Shahrisabz shahridan poytaxt tomon yo‘lga otlangan qorabayir zotdor otlar karvoni Samarqand viloyati chegarasigacha yetib keldi.

Yo‘lda qo‘shilgan havaskor aholining hisobiga otlar soni 30 taga yetdi.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani chavandozlari ham o‘z otlarida karvonni kutib olishga va Jizzax viloyati chegarasigacha kuzatib qo‘yishga hozirlik ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing