“Ot izini toy bosar”: “Avtotest”ga o‘rinbosar topildi

Jamiyat

image

Bir necha kun ilgari “Avtotest Report” MCHJ yuridik shaxslarning yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarini, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi.

Shundan so‘ng, yo‘l harakati ishtirokchilarida “endi, malaka oshirish uchun qayerga murojaat qilishimiz kerak?” degan savollar tug‘ildi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur savollarga javob berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti malaka oshirish kurslarini ochish uchun litsenziya olish ishlarini nihoyasiga yetkazmoqda. “Vatanparvar” tashkilotining respublikaning barcha hududlarida tarmoqlari mavjud. Yaqin kunlarda yuridik maqomdagi tashkilotlar “Vatanparvar” tashkilotining hududiy tarmoqlariga murojaat qilishlari hamda belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

YHXBB O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritilganini eslatib o‘tdi. 

O‘zgartirishlarga asosan yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda ularga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilishiga, ya’ni eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Qonun bilan kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar joriy yilning 4 avgust kunidan kuchga kiradi.

Amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandiga asosan transport vositasining haydovchisi ichki ishlar organlari xodimlari talab qilganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda — haydovchilar malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatini tekshirish uchun taqdim etishi shart.

Yuqoridagilarga asoslangan holda yuridik shaxs maqomiga ega korxona va tashkilotlar rahbarlarigajoriy yilning 4 avgust kunidan e’tiboran “Yo‘l harakati qoidalari” talablarini buzgan, ya’ni malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan haydovchilarga nisbatan tegishli ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtotest Vatanparvar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing