Ot aylanib qozig‘ini topadimi? Lionel Messi “Barsa”ga qaytishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentina terma jamoasi va PSJ klubining futbolchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xavi Kampos xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati 35 yoshli argentinalik futbolchining atrofidagi insonlar bilan uning 2023 yilda Kataloniya klubiga qaytishi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “Barselona”da Messining ortga qaytishini amalga oshirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Messi 2003-2021 yillarda “Barselona”da o‘ynagan. U 2021 yilning PSJga erkin agent sifatida ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing