Ostonadagi maktablardan birida tiqilinch yuz berdi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Ostona shahridagi maktablardan birida tiqilinch yuz berdi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, yuzdan ortiq bolalar maktab koridorida to‘plangan. Ostona ta’lim departamenti video 71-sonli maktab-litseyda suratga olinganini ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, maktab uch smenada ishlaydi.

“Uchinchi smena o‘quvchilari oltinchi darsdan keyin bir vaqtning o‘zida jo‘nab ketishdi, xizmatchilar ustki kiyim berishga ulgurmadi. Bu muammoni hal qilish uchun ustki kiyim ilgichlari qayta taqsimlandi, shu sababli 2023 yil 5 sentyabrdan boshlab garderob masalasi olib tashlanadi”, deydi Ostona shahar ta’lim boshqarmasi matbuot kotibi Marjan Baqit.

Baqitning qo‘shimcha qilishicha, shaharda o‘quvchilar o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Joriy o‘quv yilida 11 ta maktab ochiladi, ulardan 4 tasi ishlamoqda. Shaharda “Qulay maktab” milliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 2024-2025 yillarda 90 ming o‘rinli 24 ta maktab quriladi. Ulardan 15 tasi Yesil va Nura tumanlarida quriladi”, deydi matbuot kotibi.

Bu yil Ostonada 27 ming bola birinchi sinfga borgan. Ostona shahrida 149 ta maktab, 99 ta davlat, 43 ta xususiy, 7 ta respublika, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston maktab tiqilinch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing