Ostona Armaniston va Ozarbayjon muzokaralari uchun maydonga aylanishga tayyor – To‘qayev 

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostona shahridan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar maydoni sifatida foydalanishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 9 sentyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.

Suhbatda To‘qayev Aliyevni Ozarbayjonda parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tgani va “Yangi Ozarbayjon” partiyasining ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Aliyev tabrik uchun minnatdorlik bildirdi.

To‘qayev, shuningdek, Ilhom Aliyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etishi muhimligini qayd etgan.

O‘z navbatida, Aliyev Qozog‘istonni ozarbayjonlik sportchilar ham faol ishtirok etgan V Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Shu oyda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Ozarbayjon madaniyati kunlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Ozarbayjon va Qozog‘iston munosabatlarining strategik xususiyatini tasdiqladilar. To‘qayev Ostona Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi muzokaralar uchun platforma bo‘lishga tayyorligini ta’kidladi va Aliyev bunga ijobiy munosabat bildirdi.

Telefon muloqoti davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 may kuni Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Do‘stlik uyida ikki tomonlama muzokara o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ozarbayjon Ostona Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made