Oston O‘runov “Navbahor”ni tark etmoqda
Sport
−
05 dekabr 2023
10467Namanganning “Navbahor” klubi yetakchisi Oston O‘runov joriy klubi bilan xayrlashmoqda. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Tugadi. Hammasi uchun rahmat, “Navbahor”, deb yozib qoldirdi O‘runov o‘z sahifasida.
22 yoshli futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum.
O‘runov joriy mavsum “Navbahor” safida umumiy 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, O‘runovning qiymati 1 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi