Oston O‘runov Eronda yana 2 yil o‘ynaydi
Sport
−
02 yanvar
1685O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov fors jamoasi bilan yana 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik vingerning “Persepolis” bilan yangi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. O‘runov klub safiga 2024 yilgi mavsumda kelib qo‘shilgan. U jamoa tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assist amalga oshirdi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 2,50 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir futbolchisi Jaloliddin Masharipov klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi