Osongina “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Aniqlanishicha, departament hamda DXXning Mo‘ynoq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.P. va Sh.T. va G.Sh.lar 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishini aytib, fuqaro S.X.dan 16 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi departamentning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.T. va M.Sh. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirib, unga "D" toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana shunday holat departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro D.Y. fuqaro O.O.ning ishonchiga kirib, unga "B" toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “A.I.” MCHJ o‘rgatuvchisi Y.X. fuqarolar R.A. va N.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgar Haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing