Osmono‘par binoda yong‘in chiqdi
Olam
−
03 mart 2023
8786Gongkongda kecha, 2 mart kuni rekonstruksiya ishlari davom etayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 2 kishi yaralangan, 170 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Yong‘in binoning tashqarisidagi bambukdan yasalgan iskaladan boshlangani taxmin qilinmoqda, biroq rasmiylar hali buni tasdiqlamagan.
Gonkong yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bosh ofitser o‘rinbosari Keung Sayminning ma’lum qilishicha, 250 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi yong‘inni bugun, 3 mart kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 larda o‘chirishga muaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, yong‘in chiqqan bino Empire Group kompaniyasining 42 qavatli loyihasi bo‘lib, unda dengizchilar klubi va mehmonxona joylashgan. Dengizchilar klubi 1967 yilda dengizchilarni arzon turar joy bilan ta’minlash uchun ochilgan va Gonkong orqali o‘tadigan dengiz ishchilari orasida mashhur bo‘lgan.