Osmon toqiga qo‘yilgan narvon

Olam

Bugun Turkiya nafaqat quruqlikdagi zirhli jangovar avtomobillari yoki fazoni larzaga keltirayotgan Bayraktar uchuvchisiz harbiy havo kemalari, balki orbitaga yuborilayotgan sun’iy yo‘ldoshlari bilan ham tilga tushgan. Ayni vaqtda mamlakatda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning “Oyog‘imiz zaminda, ko‘zimiz fazoda bo‘lsin”, deya aytgan shiori bilan yirik texnologik jarayonlar avj olgan. 

3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan Zarzevan qal’asi Turkiyada eng yaxshi osmon kuzatuvlari o‘tkaziladigan 10 nuqtadan biri. 2020 yilda UNESCO tomonidan Jahon merosi taxminiy ro‘yxatiga kiritilgan qal’a va qal’ada joylashgan Mitra ibodatxonasi yuzlab yillardan beri dunyo e’tiborini tortmoqda.

Zerzevan Gökyüzü Gözlem Etkinliği başladı - İstiklal | Ulak News

2021 Uluslararası Gökyüzü Gözlem Şenliği' 3 bin... | Rudaw.net

Joriy yilning 9-12 iyun kunlari Turkiyaning Diyorbakir shahrida ikkinchi marta “Osmonga nazar” nomi bilan ilmiy va amaliy festival o‘tkazildi. Unda ilm-fan, tarix va texnologiyalar sohasining yirik namoyondalari ishtirokida uchrashuvlar, teleskoplar orqali oy va yulduzlarni kuzatish, seminar va tanlovlar, koinotga oid adabiyotlar, yangi texnikalar va havaskorlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda QALAMPIR.UZ muxbiri ham ishtirok etdi.

3 bin yıllık Zerzevan Kalesi'nde Samanyolu'nu izlediler – RujMuj | Haberler  – Son Dakika Haber, Güncel Haberler

Zerzevan Kalesi'nde "gökyüzü etkinliği" - Haber 7 SEYAHAT

Turkiya sanoat va texnlogiyalar vazirligi, Yoshlar va sport vazirligi, Turizm va madaniyat vazirligi, Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi (TUBITAK) tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish, yulduzlar joylashuvini ko‘zdan kechirish va haqiqiy fazo olamiga sho‘ng‘ish maqsadida 6600 kishi talabgor bo‘ldi. Tarixiy Zarzevan qal’asidan turib ko‘kka oyna tutmoqchi bo‘lganlarning eng kichigi 1 yashar go‘dak bo‘lsa, eng yoshi ulug‘i 65 yoshli otaxon edi. 

Koca çınarlar “Zerzevan Gökyüzü Etkinliği”ne katıldı – HaberFlash

Tadbirning ochilish marosimida Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi raisi Hasan Mandal so‘zga chiqarkan, bugun ko‘plab mamlakatlarda o‘tkazilayotgan kosmik tadqiqotlarga o‘z vaqtida Abu Abdulloh Battoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi tomonidan asos solinganini urg‘uladi. 

Bakan Kasapoğlu, Zerzevan Gökyüzü Gözlem Etkinliği'nde konuştu: - Samimi  Haber

“Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz uni qaytadan kashf etyapmiz. 800-yillardan boshlab bu mintaqada ham xuddi shunday kuzatishlar olib borilgan. O‘tmishda yulduzlarni kuzatish, sayyoralarni kashf etish ajdodlarimiz bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidlab, bu borada yoshlarimiz bilan yetakchi ekanimizni aytishni xohlardim”, deydi Mandal. 

TUBITAK boshchiligida sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqish faoliyatining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Mandal, sun’iy yo‘ldoshni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar dizayndan integratsiyaga qadar muvaffaqiyatli davom etayotganini qayd etdi. U “Turkiya davlati tashkil topganining 100 yilligida 2 ta ajoyib bayramga guvoh bo‘lamiz”, deya 2023 yilda “İMECE” kuzatuv sun’iy yo‘ldoshi va “TÜRKSAT 6A” aloqa sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilishini ta’kidladi.

Zerzevan Gökyüzü Gözlem Etkinliği Diyarbakır'da Başladı - Haber İzlenim |  Haberizlenim.com - GÜNDEM

Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharram Qassopo‘g‘li ushbu yirik fazoviy tadqiqot tadbirining aynan Diyorbakirdagi Zarzevan qal’asida o‘tkazilishi ahamiyatiga to‘xtaldi. 

“2020 yilda Butunjahon merosi taxminiy ro‘yxatiga kiritilgan 3000 yillik tarixga ega Zerzevan qal’asi sivilizatsiyamiz va madaniy boyligimizning eng nodir namunalaridan biridir. Bir muncha vaqt u ilm-fan poytaxti edi. Ma’lumki, qal’ada olib borilgan qazishmalar chog‘ida topilgan dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan Mitra ibodatxonasi o‘tmishda muhim astronomlarning markazi bo‘lgan. 

Mitra – bu tarixda barcha sayyora va yulduzlarni boshqargan Quyosh Xudosiga berilgan nom. Ming yillar oldin odamlar osmonga qarashdi va o‘zlarining e’tiqodlari bo‘yicha yangi kashfiyotlar qilishdi”. 

Gençlik ve Spor Bakanı Kasapoğlu: Gençlerimizin gökyüzüne adlarını  yazdırmalarını istiyoruz

Shuningdek, u, so‘zida davom etarkan, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar nomini ham tilga oldi. 

“Keyinchalik turk va Islom ulamolari – Al Farg‘oniy, Al So‘fiy, Al Beruniy, Al Jazoriy, Ali Qushchi kabi olimlarning bu o‘lkadagi ijodi bilan Zarzevan tarixda mustahkam o‘rin egalladi. Bir necha asrlar ilgari nomi tilga olinmagan minglab olimlarimizning asarlari bugungi kun tartibiga aylangan kosmik asrning ilk qadamlari bo‘ldi”.

Ilk bor 2019 yilda tashkil etilgan ushbu yirik ilmiy-amaliy festival koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, u yana ko‘kka intilganlarga osmon toqiga narvon qo‘yishiga yo‘l ochdi. Milliy texnologiya hamlasi shiori bilan start olgan tadbir bu yil Diyorbakirda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uning kelgusi manzili Van, Erzurum va Antaliya shaharlari bo‘ladi. 

Bakan Varank Zerzevan Gökyüzü Gözlem Etkinliği'nde konuştu: - Haber 1

Ushbu tadbirning ahamiyati haqida gapirarkan, Turkiya sanoat va texnolgiyalar vaziri Mustafo Varank shunday deydi: 

“Bugungi kunda kosmik poygada birinchi o‘ringa chiqqan davlatlar ham dunyoning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlari hisoblanadi. Chunki kosmik tadqiqotlar ilmiy bilimlar, innovatsiyalar va texnologiyalarning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu ma’noda bizning vazifamiz yo‘nalishimizni to‘g‘ri belgilashdan iborat. Bu yo‘nalishda taqdim etayotgan imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, ushbu sohalarda ishlashni davom ettirish bizning burchimizdir”.

4 kun davom etgan festivalda kunduzgi dasturda quyosh kuzatuvlari maxsus filtrlangan teleskoplar yordamida amalga oshirildi. Kechasi mutaxassislar osmon va yulduz turkumlari bilan tanishdilar. Ko‘p sonli teleskoplar yordamida sayyoralar, yaqin atrofdagi tumanliklar, yulduzlar klasterlari va chuqur kosmik jismlarni kuzatish amalga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing