“Oskar” mukofoti sovrindori Kristofer Plammer vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Aktyor Kristofer Plammer kecha, 5 fevral kuni 91 yoshida vafot etdi. "Deadline" xabariga ko‘ra, ushbu ma’lumotni uning qarindoshlari tasdiqlagan. 

"Kris o‘z kasbini chuqur sevadigan va uni hurmat qiladigan g‘ayrioddiy odam edi. O‘zining ijodkorligi va insonparvarligi bilan u bizning yuragimizda iz qoldirdi", deyilgan xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, Kristofer Plammer 1929 yilning 13 dekabrida Kanadada tug‘ilgan. 

Uning ortidan Amanda Plammer ismli bir nafar farzand qoldi. 

Aktyor 2012 yilda "Boshlovchilar" filmidagi roli uchun eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor nominatsiyasida "Oskar" mukofoti sovrindori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kristofer Plammer

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar