“Oskar”dagi janjal: Uill Smit bayonot berdi

Olam

image

Kecha, 27 mart kuni Uill Smit "Qirol Richard" filmida ijro etgan roli uchun "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotini oldi. Biroq, u mukofotni topshirish marosimida xotiniga qo‘pol hazil qilgan aktyor va komik Kris Rokning yuziga shapaloq tushirdi. Amerika akademiyasi a’zolari Uill Smitning qilmishidan juda xafa bo‘ldi. U akademiya a’zolaridan uzr so‘radi, lekin Rok haqida gapirmadi.

“Men Akademiyadan va boshqa nomzodlardan uzr so‘ramoqchiman. Bu ajoyib lahza va men mukofot uchun yig‘layotganim yo‘q. Bu sovrinni yutganim muhim emas. Barcha ishtirokchilarning ishonchini qozona olish muhimdir: Tim (prodyuser Tim Uayt), Trevor (prodyuser Trevor Uayt ), Zak (ssenariy muallifi Zak Beylin), Saniya ( Venera Uilyams rolini ijro etgan Saniya Sidney ), Demi ( Seren Uilyams rolini ijro etgan Demi Singlton ), Onjanyu (Brendi Uilyams rolini ijro etgan Onjanyu Ellis) va qirol Richard, barcha aktyorlar va butun Uilyamslar oilasi. Hayot san’atga taqlid qiladi. Endi men Richard Uilyams kabi aqldan ozgan otaga o‘xshayman”, deydi u.

Shuningdek, u o‘z mukofotini onasiga bag‘ishlashini aytdi. 

“Men g‘alabani onamga bag‘ishlayman. U hech qachon porlashni xohlamagan. Bu men uchun bu juda og‘ir daqiqa. U hozir do‘stlari bilan birga to‘qish bilan shug‘ullanadi, ularning Filadelfiyada to‘qish guruhi bor. Men onamni va oilamni juda yaxshi ko‘raman, qayg‘uraman...”, deydi Uill Smit.

“The Post” nashrining xabar berishicha, aktyor mukofot topshirish marosimida qilgan ishi uchun “Oskar”dan mahrum qilinishi mumkin. Kino san’ati va fanlari akademiyasi aktyor Uill Smitning “Oskar” mezboniga musht tushirganini zo‘ravonlik deb qabul qilgan. 

“Akademiya hech qanday shakldagi zo‘ravonlikka toqat qilmaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Rok “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida da’vogarlarni e’lon qilgan. Nutqi davomida komik Uill Smitning rafiqasi Jada Pinkett Smitning “ajoyib, juda kalta sochlari haqida” hazil qilgan. 

Jada Pinkett Smit oxirgi paytlarda soch to‘kilishiga olib keladigan autoimmun kasallik — alopetsiyadan aziyat chekkan. Yaqindagina u endi buni yashirmasligini e’lon qilgan.

Rokning hazilidan so‘ng Smit o‘rnidan turib, sahnaga chiqqan va komikning yuziga tarsaki tushirgan.

Shundan keyin u joyiga qaytgan, lekin Rok haqida yana bir necha so‘z aytgan. Bu vaqtda translyatsiya jarayonida ovoz o‘chirilgan, shuning uchun Smitning so‘zlari noma’lumligicha qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing