Nariman Grigoryanni Instagram’dagi “do‘sti” o‘ldirgan. U jasadni yoqib yuborgan
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
37474Toshkentlik taniqli dizayner Nariman Grigoryanning jasadi joriy yilning 14 yanvar kuni qotillik alomatlari bilan Yashnobod tumanidagi ijarada yashab kelayotgan uyi mehmonxonasida topilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Grigoyanni o‘ldirgan qotil u bilan qilmishidan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan.
Qayd etilishicha, qotillikda ayblanayotgan shaxs Nariman Grigoryan bilan 2019 yilning dekabr oyida Instagram’da tanishgan. Uning o‘ziga to‘qligini bilgan A.A. uni o‘ldirib, pullariga egalik qilishni rejalashtirgan. U 13 yanvar kuni soat 21:00 atrofida Nariman Grigoryanga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyiga otlanganini xabar qilgan. O‘zi bilan esa pichoq va bir litrli yelim idishda benzin olib boradi.
Qotillikni niyat qilgan A.A. Narimanni o‘ldirib, uning murdasi ustidan benzin sepib, yoqib yuboradi va juftakni rostlaydi. U o‘zi bilan Grigoryanga tegishli bo‘lgan elektron sigaret chekish moslamasa, 625 AQSH dollari, ikki uyali aloqa telefoni, quloqchin va bitta Captiva rusumidagi avtomobil kalitini olib ketadi.
24 yashar A.A.ga nisbatan joriy yilning 20 yanvar kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, marhumning jasadi birinchi va ikkinchi darajada kuygan.
LiveBarchasi