Osiyoning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Tottenxem” klubining janubiy koreyalik a’zosi Son Xyon Min 2023 yil yakunlariga ko‘ra, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Osiyo futbol jurnalistlari va ekspertlarining ovoz natijalariga ko‘ra, Son 22,9 foiz ovoz to‘pladi. Bu borada 2-o‘rinni band etgan yana bir janubiy koreyalik futbolchi, “Bavariya” a’zosi Kim Min Chje 19,54 ovoz to‘pladi. 17,06 foiz ovoz bilan “Al-Nasr” klubining portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu 3-o‘rinni egalladi.

Shunday qilib,Son Xyon Min ketma-ket 7-marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Umumiy hisobda esa 31 yoshli futbolchi 9 marta qit’ada tengsiz futbolchi bo‘lishni uddasidan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Son Xyon Min Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing