Osiyoning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Min 2022 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Min Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada zafar quchdi. Bu haqda “VnExpress” xabar berdi.

Janubiy Koreya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi so‘rovnomada 256 ochko jamg‘arib, ketma-ket oltinchi yil, umumiy hisobda sakkizinchi marta qit’ada tengsiz bo‘ldi.

Osiyolik futbol jurnalistlari va ekspertlari o‘rtasidagi ovoz berishda 120 ball bilan ikkinchi o‘rinni Mehdi Taremi (“Portu”, Eron terma jamoasi) va Salem Al-Dosariy (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni terma jamoasi) egalladi.

Kuchli beshlikka, shuningdek, “Napoli” va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Chje va Yaponiya hamda “Brayton” vingeri Kaoru Mitoma kiritildi.

Son joriy mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem”ning navbatdagi o‘yini 11 fevral kuni “Lester”ga qarshi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Son Xyon Min “Tottenxem”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing