Osiyoda yog‘ochdan qurilgan eng katta bino qaysi davlatda joylashgan?
Bu qiziq
−
30 iyun 2023
9519Osiyo mintaqasidagi yog‘ochdan qurilgan eng katta bino Singapur shahrida joylashgan bo‘lib, bu bino talabalar uchun o‘quv kolleji hisoblandi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Kollejning umumiy qavatlar soni oltita bo‘lib, mazkur bino Singapurning tabiatiga bag‘ishlangan so‘nggi inshootlardan biridir. Bino Nanyan Texnologik universitetining yonida joylashgan. Unda quyosh nuri orqali yoritiladigan atriumlar, yashil fonda o‘rnatilgan ochiq havodagi o‘quv xonalari hamda tropik o‘simliklar bilan qoplangan liftlar mavjud.
Tutqichlardan tortib o‘rindiqlargacha, eshik romlaridan pol to‘shamalarigacha hamma narsa yog‘ochdan tashkil topgan. Shuningdek, binoning asosiy tayanch ustunlari ham qattiq yog‘och ashyosidan bo‘lib, yuqori aniqlikdagi konstruksiyadan qurilgan. Unda 190 o‘rinli auditoriya va o‘nlab ma’ruza xonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fakultet kabinetlari va o‘quv terassalari mavjud.
Umumiy maydoni 43 500 metr kvadrat maydonni egallagan bu bino hozirda Osiyodagi eng katta yog‘ochdan yasalgan bino maqomini olgan. Loyihachi yapon arxitektori, xalqaro “Pritzker” mukofoti sovrindori Itoning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bino yunon ma’budasi Gaia sharafiga qurilgan.
"Men har doim o‘z dizaynlarimda daraxtlar va suv kabi tabiat bilan bog‘liqlikni va tuyg‘uni tasavvur qilishga harakat qilaman”, deydi me’mor.
Binoda ishlatilgan yog‘ochlar Avstriya, Shvetsiya va Finlyandiyadagi archa daraxtlaridan yig‘ib olingan hamda Singapurda jo‘natilishidan oldin maxsus kimyoviy jarayondan o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, bu kabi binolar "biofil" arxitektura deb ataladi. Singapur davlatida bu turdagi ko‘p qavatli binolarni qurish rasman 1960 yillardan boshlangan. Singapur o‘sha davrdan beri o‘zini "bog‘li shahar" deb atab kelmoqda. Bu atama mamlakat asoschisi va sobiq bosh vazir Li Kuan Yu tomonidan kiritilgan.
LiveBarchasi