Osiyo jamoalarining JCHga chiqish imkoniyatlari yangilandi
Sport
−
16 Oktabr
209282026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 4-tur o‘yinlari yakunlangach, O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialga chiqish imkoniyati 93,1 foizga yetdi. Bu haqda “We Globall Football” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saralashning oxirgi turida BAA ustidan qozonilgan g‘alaba “oq bo‘rilar”ni JCHga chiqish imkoniyatini 10,3 foizga oshirdi. Hozirda Osiyo qit’asi bo‘yicha Srechko Katanets shogirdlari JCHga chiqishga da’vogarlar orasida 4-o‘rinda qayd etilgan.
Bu borada Yaponiya terma jamoasi qit’ada yetakchilik qilmoqda. Kun chiqar yurt vakillarining imkoniyatlari salkam yuz foizga baholanmoqda. 99,6 foiz bilan Eron ikkinchi, 99,5 foizlik ko‘rsatkich bilan Janubiy Koreya 3-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, Osiyo qit’asidan 8 ta jamoa 2026 yilgi mundialga yo‘l oladi. Yana bitta jamoa yarimta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. 3-bosqichda guruhlarda bir va ikkinchi o‘rinlarni egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika mundiali yo‘llanmasiga ega chiqadi. 3-o‘rinni band etgan jamoalar esa 4-bosqichda yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.
LiveBarchasi